Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

Ular bir-birini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan qutlagan.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

 

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.

 

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Joriy yilning 14-15 iyul kunlari Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi hamda 20-21 oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifida, shuningdek, ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Barcha ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlik ancha faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo hajmi oshmoqda, sanoat, energetikada kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, samarali hududlararo aloqalar rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda.

 

Parlamentlararo muloqot, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yangi darajaga ko‘tarilgani taʼkidlandi.

 

Suhbat yakunida O‘zbekiston Prezidenti va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklarini bildirdi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"