Gruziyada parlament deputatlari jarimaga tortildi
Mamlаkat Parlamenti spikeri buning sababini ochiqladi.

Gruziya parlamenti deputatlarining maoshi bir yil ichida ishga kelmagan kunlari uchun 80 ming larga kamaytirildi. Bu haqda mamlakat Parlamenti spikeri Shalva Papuashvili maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, ko‘pchilik – 60 ming lari deputatlari sababsiz yig‘ilishlarga kelmagan muxolifatga ajratilgan. Papuashvilining aytishicha, parlament ushlab qolgan pulni xayriya ishlariga sarflaydi.







