0

Namanganda salkam 6 tonnalik osh tayyorlandi

U kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga tarqatilgan.

Namanganda salkam 6 tonnalik osh tayyorlandi

 

Namangandagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida Yangi yil bayrami arafasida 5,8 tonna osh damlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

 

Oshni tayyorlash uchun 15 ga yaqin malakali oshpazlar jalb qilinib, 1,5 tonna guruch ishlatilgan.

 

Ehson oshi shifoxonalarga, “Saxovat”, “Mehribonlik” va nogironlik uylariga, shuningdek, kam taʼminlangan hamda ehtiyojmand oilalarga tarqatilgan.

 

“Bayram oshini tortiq qilish oldidan viloyat sektor rahbarlari, nuroniy keksalar duo-fotiha qildilar, undan maxsus idishlarga solinib, belgilangan avtoulovlarda manzillariga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"