O'zbekiston

Kosonsoydagi uyda tunda er-xotin yonib ketdi

Namangan viloyatida bir kechada 4 ta joyda yong‘in chiqqan.

Kosonsoydagi uyda tunda er-xotin yonib ketdi

 

Namangan viloyatida 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi 4 ta yong‘in yuz berdi. Holat bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

31 dekabr soat 22:15 da Chust tumani “Laylak uya” MFY hududidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida uyning oshxonasida shift va tom qismidan 15 kvadrat metr joyi yonib zararlangan.

 

1 yanvar soat 01:02 da Namangan tumani “Sho‘rqo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqqan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 45 kvadrat metr joyi hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.

 

Soat 01:33 da Norin tumani “Xo‘jaobod” MFY hududidagi xonadonlarning birida yong‘in yuz bergan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 40 kvadrat metr joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan.

 

Soat 05:00 da Kosonsoy tumani “Navbahor” MFY hududidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 20 kvadrat metr joyi, uy jihozlari yonib zararlangan.

 

Yong‘in vaqtida xonadon egasining o‘g‘li —1994 yilda tug‘ilgan erkak va uning turmush o‘rtog‘i — 1995 yilda tug‘ilgan ayolning kuygan xoldagi jasadi topilgan.

 

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"