O'zbekiston

O‘qishini “perevod” qilmoqchi bo‘lgan talaba 37 mlnga chuv tushdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘qishini “perevod” qilmoqchi bo‘lgan talaba 37 mlnga chuv tushdi

 

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida fuqaroning xorijdagi o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni vaʼda qilib, uni chuv tushirgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Telegram messenjerida o‘zini Nodirbek deb tanishtirgan shaxs Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi R.X.ning Qozog‘iston Respublikasidagi o‘qishini O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chirib berishi mumkinligini aytib, buning evaziga 37 mln so‘m pulni ko‘rsatilgan bank kartasiga o‘tkazishi lozimligini tushuntirgan. Shundan so‘ng talab qilingan pullar o‘tkazilishi bilan Telegram-akkaunti o‘chirib tashlangan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan N.M. ekanligi aniqlangan.

 

Hozirda N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.