0

Namanganda 3 egizak tug‘ildi

Hozirda egizaklar va ularning onasi sog‘lom.

Namanganda 3 egizak tug‘ildi

 

Bugun, 3-yanvar kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi Akmaljon Xudoyberdiyev va Maftuna Qurbonova oilasida 3 farzand dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” nashri yozmoqda.

 

“Ularning hammasi qizaloq. Oilada shu paytgacha bir qiz farzand tarbiyalanayotgan edi. Endi ular 4 nafar bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

 

Tug‘uruqxona bo‘limi shifokori Samiyaxon Isoqovaning aytishicha, tumanda oxirgi marta 2016 yilda shunday uch egizak tug‘ilgan.

 

Hozirda egizaklar va ularning onasi sog‘lom.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"