O'zbekiston

Buxoroda ikki nafar ayol o‘z joniga qasd qildi

Viloyati prokuraturasi masʼul xodimining bildirishicha, har ikki holat yuzasidan ham Peshko‘ tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Buxoroda ikki nafar ayol o‘z joniga qasd qildi

 

Buxoro viloyati Peshko‘ tumanining turli mahallalarida yashovchi ikki ayol o‘z joniga qasd qildi, deya maʼlum qildi “Xabar.uz”.

 

Peshko‘ tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O‘zini osish orqali joniga qasd qilgan S.R. 25 yoshli qiz hali turmushga chiqmagan bo‘lgan. Peshko‘ tumanining “Xurram” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Kate qishlog‘ida yashovchi S.R.ning nega o‘z joniga qasd qilgani nomaʼlum bo‘lib qolmoqda.

 

“Xurram” MFY raisi Azizjon Boboyevning maʼlum qilishicha, S.R. oilada yagona qiz. Bir nafar akasi va bir nafar ukasi bor. S.R. joriy yilning 1 yanvar kuni tongda o‘z joniga qasd qilgan.

 

«Oilaning to‘ng‘ich farzandi, yaʼni S.R.ning akasi bir necha kun ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ayblanib, uch yil qamoq muddatini o‘tab qaytgandi.  Singlisining o‘limidan bir kungina ilgari uning oila aʼzolari va akasi bilan suhbatlashib qaytgandik. Oila tinch, janjalkash emas. Achinarlisi, qizning o‘z joniga qasd qilishi uchun oilada biror sabab bo‘lmagan»,— deydi Azizjon Boboyev.

 

MFY raisining aytishicha, o‘tgan yilning boshida Peshko‘ tumani hokimi tomonidan S.R.ga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun tikuv mashinasi berilgan. Bundan tashqari, 3 sotixli yer maydonida issiqxona tashkil qilib berilgan.

 

«Chaqqon, mehnatsevar qiz edi. Shu qizning saʼy-harakati bilan sharoitlarni ancha-muncha tiklab olishgandi. Paxta terardi, o‘z issiqxonasida ham ishlardi. U issiqxonasi orqali qishloqning 10-15 nafar xotin-qizlarini ham ish bilan taʼminlagandi. 31 dekabr kuni ko‘plab qarindosh-urug‘larnikiga ham mehmondorlikka borib kelishgan ekan. Sababi mavhum bo‘lib qolmoqda. Huquq-tartibot idoralari vakillari holatni o‘rganishyapti», — deydi Azizjon Boboyev.

 

O‘z joniga qasd qilgan ikkinchi ayol D.M. 2019 yilda «Peshko‘» mahallasiga tumanning “Navbahor” mahallasidan kelin bo‘lib tushgan. Uch yoshli bir nafar o‘g‘il farzandi bor. D.M. ham oilada o‘g‘il akasidan keyingi yagona qiz farzand.

 

Mahalla raisi yordamchisi Mayram Shodiyevaning so‘ziga ko‘ra, D.M. kelin bo‘lib tushgan xonadonda uch ovsin bir hovlida yashab keladi. Ahil va o‘ziga to‘q oilada o‘zaro kelishmovchilik bo‘lib turgandir, ammo mahallada hech qachon gap-so‘zlari chiqmagan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 30 dekabr kuni D.M. turmush o‘rtog‘i bilan Peshko‘ tuman markazidagi kiyim bozoriga borishgan. Turmush o‘rtog‘ining bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramay, D.M. bozorda ancha vaqt qolib ketgan. D.M. bozordan faqat farzandiga kiyim-kechak olib chiqqan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham o‘ziga kiyim-kechak olib chiqmagani uchun turmush o‘rtog‘i D.M.ga tanbeh bergan va o‘rtalarida tortishuv kelib chiqqan. Bozordan qaytishgan D.M. eri bilan janjallashib qolganini ota-onasiga telefon orqali bildirgan. Qizining tajang ahvolidan xavotirga tushgan ota-onasi zudlik bilan qudalarining uyiga yetib kelishgan. Kuyov esa bo‘lgan voqeani aytib bergan. Shundan so‘ng, D.M.ning ota-onasi qiziga erni hurmat qilish va kelinlik adabini bajarish lozimligi xususida nasihat berib, xayr-xushlashib qaytishgan.

 

Shu kuni namozgar, kech tushayotganda, D.M.ning qaynona-qaynotasi hamda uning turmush o‘rtog‘i 31 dekabr - bayram dasturxoni uchun mahsulotlar sotib olish maqsadida Romitan tumani dehqon bozoriga ketishgan.

 

Hovlida D.M. farzandlar va uch ovsini bilan qolgan. Har uchala ovsin ham bayram kayfiyatida pishiriqlar pishirishib, dasturxon tuzashgan. Shu orada D.M. molxonaga chiqib ketgan va qaytib kelavermagan. Yosh ovsinining nega hayallab qolayotganidan xavotirga tushgan ovsinlar D.M.ning ortidan molxonaga borishgan va fojia ustidan chiqishgan.

 

«Tushuntirish xati olish uchun ularning xonadoniga bordim. Taʼziyaxonada D.M.ning ota-onasi va yaqinlari ham bor edi. Quda-andalar aza-o‘charni birgalikda o‘tkazishdi. D.M.ning eri bilan suhbat chog‘imizda, yosh kelin turmush o‘rtog‘ining Rossiyada ishlab yurgan kezlarida ham  u bilan telefon orqali suhbati davomida bir necha marotaba yashagisi kelmayotgani, o‘zini o‘ldirishini bildirgan ekan. Qizining bunday gaplaridan D.M.ning onasining ham xabari bo‘lgan va bunday sovuq gaplarni aytmaslikka daʼvat etib kelishgan ekan. Afsuski, qiz asabiy holatda aytayotgan bo‘lishi mumkin, deya o‘ylab, eʼtibor qaratmay kelishgan. Bu ko‘pchilikda uchrashi mumkin bo‘lgan ruhiy holatdir balki...», — deydi mahalla raisi yordamchisi Mayram Shodiyeva.

 

Buxoro viloyati prokuraturasi masʼul xodimining bildirishicha, har ikki holat yuzasidan ham Peshko‘ tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.