O'zbekiston

Surxondaryoda janjal: nega IIB xodimlari ayollarni majburlab avtobusda olib ketdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan viloyat IIB rasmiy izoh berdi.

Surxondaryoda janjal: nega IIB xodimlari ayollarni majburlab avtobusda olib ketdi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan viloyat IIB rasmiy izoh berdi.

 

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 4 yanvar kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar eski «Yubileyniy» bozor hududida noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni shahar hokimining qarori bilan «Yashil dunyo» savdo markaziga ko‘chirish ishlari amalga oshirilayotganda, bundan oldin yangi hududdan savdo rastalari ajratilib, eski hududni tark etish haqida ogohlantirilganiga qaramasdan bir guruh sotuvchilar norozilik bildirib, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatishgan va jamoat tartibini buzishgan.

 

Holbuki, barcha sotuvchilar 2022 yil davomida bir necha marotaba, oxirgisi joriy yilning 3 yanvar kuni Davlatimiz rahbarining 2017 yildagi PQ-2953-sonli Qaroriga muvofiq hamda shahar hokimining 2018 yildagi Q-1110-sonli Qarori asosida eski bozor hududida 4 yanvar kuni buzish ishlari boshlanishi haqida ogohlantirilgan.

 

Bozor hududiga jamoat tartibini tiklash uchun jalb qilingan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 14 nafar huquqbuzarlar IIBga olib kelingan va ular bilan tushuntirish-profilaktik ishlari olib borilgan.

 

Huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan 6 nafar fuqaroga BHMning 3 baravari miqdorida, 3 nafar fuqaroga BHMning 5 baravari miqdorida jarima, 4 nafar fuqaroga esa 5 sutka maʼmuriy qamoq jazolari tayinlandi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

QazETA tizimida o‘zbekistonliklarga imtiyoz berilishi mumkin.

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

O'zbekiston rahbari reytingda 40-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.