0

Xonadon “аптечка”sidan qanday foydalanish kerak?

Mutaxassis maʼlumot berdi.

Xonadon “аптечка”sidan qanday foydalanish kerak?

 

Har birimizning uyimizda xonadon dori qutisi bor. Ammo ularda qanday preparatlar saqlanishi lozimligini ko‘pchilik bilmaydi. Xo‘sh, aslida bunday “aptechka”lardan qaysi dorilar o‘rin olishi kerak? Ularni saqlash qoidalari qanday? Preparatlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin?

 

“Dori vositalari, tibbiy buyum, ekspertiza standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmokologik nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ravshan Abdullayev shu haqdagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

— Dorilarning retsept asosida va retseptsiz beriladigan turlari bor, — deydi mutaxassis. — Birinchi turdagi preparatlar uchun, albatta, shifokor retsepti talab etiladi. Ulardan tibbiyot xodimining tavsiyasi bilangina foydalanish va uy sharoitida saqlash mumkin.

Shifokor tavsiya qilgan jarohatga qarshi, isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi dorilarning retseptsiz beriladigan turlari esa albatta, “xonadon dori qutisi”da bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Biroq baʼzi ota-onalar farzandlari shamollab qolsa, darhol dorixonaga yugurib, o‘zboshimchalik bilan bolasiga antibiotik yoki boshqa turli preparatlarni beradi. Yoki tibbiyotdan yaxshi xabardor bo‘lmagan qo‘shnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qo‘shib mazkur aralashmani isitma tushirishda qo‘llaydi.

Vaholanki, har bir dori vositasidan foydalanish yo‘riqnomasi va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bor. Preparatlarni qabul qilish vaqti va dozalarini shifokor belgilib berishi shart.

Afsuski, bu talablarga to‘liq amal qilinmasligi bemorlarning umumiy holati yana-da og‘irlashishiga olib keladi.

Ayniqsa, parenteral, mushak va vena ichiga yuboriladigan antibaktirial dorilarni hech qachon uy sharoitida qabul qilish mumkin emas! Shuningdek, dorixona mutaxassisi tavsiyasi bilangina xarid qilingan preparatlardan ham shifokor maslahatisiz foydalanmaslik kerak.

Bundan tashqari, har bir dori uning yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan harorat va muhitda saqlanishi shart. Qolaversa, yaroqlilik muddati o‘tgan dorilarni ichish nojo‘ya taʼsirlar va og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Agar doridan zaharlanish holati kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki bu holat, buyrak, jigar, o‘pka, yurak faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, hatto o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.

 

Yurtimizda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari oqibatida bolalar o‘limi yuz berishi bu borada ehtiyotkorlik, shifokor tavsiyasi naqadar muhim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali takror-takror ogohlantirilishiga qaramay, baʼzi ota-onalar tomonidan uy sharoitida hanuz ushbu preparatlardan foydalanish holatlari uchrayotgani afsuslanarlidir.

 

"Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan uy sharoitida davolanmaslik, "xonadon dori qutisi"dagi preparatlarni saqlash qoidalariga qatʼiy rioya qilish hamda muddati o‘tgan dorilardan foydalanmaslikni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"