0

Namanganda mobil radar yashirincha faoliyat yurityaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga rasmiylar izoh berdi.

Namanganda mobil radar yashirincha faoliyat yurityaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatida multiradar bilan jihozlangan avtomobil berkinib faoliyat yuritayotgani haqida xabar tarqaldi. Holatga viloyat IIB YHXB tomonidan raddiya bildirildi.

 

Qayd etilishicha, mobil radar haydovchisi Namangan shahrining «G‘irvonsoy» ko‘chasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasidan chiqib kelayotgan vaqtida fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, noto‘g‘ri maʼlumot bilan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.

 

“Mobil radar qurilmasida ushbu vaqtda hech qanday qoidabuzarlik qayd etilmagan”, — deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"