Jahon

Yevropada vaziyat dahshatli — Fumio Kisida

Yaponiya Bosh vaziri bunga urush sabab ekanini aytmoqda.

Yevropada vaziyat dahshatli — Fumio Kisida

 

Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Yevropa dahshatli vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida aytib o‘tdi.

 

Uning fikricha, bundan oldin Yevropaning gullab-yashnashi Rossiyadan keltiriladigan arzon energiya taʼminoti evaziga qurilgandi.

 

“Yevropa barqaror va arzon energiya taʼminotiga asoslangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Biroq Ukrainadagi mojaro Yevropa kelajagi haqidagi kartinani tubdan o‘zgartirdi, vaziyat dahshatli tus oldi”, — dedi Bosh vazir.

 

“Yaponiya o‘zining geografik xususiyatlaridan kelib chiqib, energiya resurslari importiga bog‘liq barcha mavjud imkoniyatlardan, jumladan, qayta tiklanadigan va atom energiyasidan foydalanishi kerak”, — deya xulosa qilgan u.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainada harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ammo bu AQSH va Yevropaning o‘zida yonilg‘i narxining oshishi va rekord darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.