O'zbekiston

Oliy Majlisda o‘tgan yili qancha Qonun qabul qilindi?

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Oliy Majlisda o‘tgan yili qancha Qonun qabul qilindi?

 

Majlisda dastlab “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqilyapti.

 

O‘tgan davrda 88 ta qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalasiga oid Qonunchilik palatasining 3 ta qarori qabul qilinib, maʼqullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi va Davlat budjetining ijrosi yuzasidan hisobotlari har chorakda atroflicha ko‘rib chiqildi. Bu Hukumatning xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini yana-da oshirish, davlat dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bilan birga deputatlarning islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

 

Shuningdek, hisobot yilida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzasi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqildi.

 

Hisobot davrida Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan 20 marotaba axboroti eshitildi, 8 marotaba “hukumat soati” o‘tkazildi hamda 15 ta parlament so‘rovi va 310 ta deputat so‘rovi yuborildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"