0

Nazarboyev endi Elboshi emas

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi birinchi prezident to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqdi.

Nazarboyev endi Elboshi emas

 

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Yelbashi to‘g‘risida”gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topish haqida qaror qabul qildi. Tegishli meʼyoriy-huquqiy qaror KSning veb-sahifasida eʼlon qilingan.

 

 2022 yil 5 iyul kuni Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan edi. O‘zgarishlardan biri — davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, shuningdek, unda ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanishiga imkon beruvchi moddaning bekor qilinishi bo‘ldi.  

 

Bundan tashqari, Nazarboyevning millat yetakchisi maqomining o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi.

 

Mazkur o‘zgarishlar bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunlarini saqlab qolish uchun huquqiy asos mavjud emasligi, shu bois ular o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.  

 

Qayd qilinishicha, KSning normativ qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, shuningdek, u yakuniy, deb hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

custom img

Makron Navalniy vafotining ikki yilligi munosabati bilan bayonot berdi

Fransiya prezidenti uning o‘limi “ataylab sodir etilgani ayon bo‘ldi” deya ta’kidladi.

custom img

Rahmon qayerda?

So‘nggi 10 kun ichida biror marta ham davlat yig‘ilishlarida ishtirok etmagan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon haqida ijtimoiy tarmoqlarda uning vafot etgani haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi.

custom img

Turkmanistonda 50 dan ortiq farmon bilan ommaviy kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va bir qator davlat idoralari rahbarlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.

custom img

Ukrainaning sobiq energetika vaziri pul yuvishda ayblanmoqda

German Galushchenko 15-fevral kuni hibsga olingan.

custom img

Qirgʻizistonda bir kunda uch vazir ishdan olindi

Transport, ekologiya va favqulodda vaziyatlar vazirliklarida rahbariyat o‘zgardi.

custom img

Tashiyev bilan do‘stligimiz saqlanadi, ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi — Japarov

Qirgʻiziston prezidenti sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev bilan uchrashdi.

custom img

AQShning Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi qariyb 3 mlrd dollarga tushdi — Bloomberg

Harbiy flot va aviatsiya texnikalarining joylashtirilishi milliardlab dollar xarajat talab qilgan.

custom img

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod etildi

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Nazarboyev endi Elboshi emas