Parijdagi vokzalda qurolli hujum yuz berdi
Hodisa oqibatida 5 kishi yaralangan.

Parijdagi vokzalda erkak pichoq bilan atrofdagilarga hujum qilib, besh kishini yaraladi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hujumchi voqea joyiga yetib kelgan politsiya tomonidan zararsizlantirilgan. Yaralanganlar orasida politsiyachi ham bor.
Hujumchining maqsadi nomaʼlum, uning shaxsi aniqlanmoqda. Hodisa tufayli poyezdlar harakatida vaqtinchalik to‘xtab qolgan.







