O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi: masʼuliyat — muammolar yechimi

Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Jizzax viloyatining Arnasoy tumani bo‘ldi. “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida guruh vakillari aholini o‘ylantirib kelayotgan muammo va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni mahallalar kesimida “xonadonbay” o‘rganish va imkon qadar joyida hal etish bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettiryapti.

Respublika ishchi guruhi: masʼuliyat — muammolar yechimi

 

O‘n sakkizta vazirlik va idoralar, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, tumanning 13 ta mahallasidagi barcha 6 830 ta xonadon sharoiti bilan tanishib chiqldi.

 

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman aholisi talabidan kelib chiqib, 59,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi, 920 dan ortiq xonadonlarning gaz taʼminotini bir meʼyorda taʼminlanishiga erishildi.

 

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 3 dona transformator, 58 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi, 1,3 km tarmoq qayta tortildi. “Cho‘lquvar” mahallasida 3,5 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlandi. “Bo‘ston” mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun 1,5 km ichki irrigatsiya tizimi yangidan qurildi.

 

Uyma-uy yurish natijasida 12 ta mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 514 nafar ehtiyojmand fuqarolar bepul dori-darmon, 12 nafar fuqaro nogironlik aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlandi.

 

Aholi bandligi taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari ham Ishchi guruh eʼtibori markazida bo‘ldi. 43 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlashga ko‘maklashildi. Jumladan, 5 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga, 37 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga joylashtirildi. Jamoat ishlari jamg‘armasidan 39,3 mln. so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

 

Tuman aholisini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 121 nafar fuqarolarga 337,0 mln. so‘m subsidiya mablag‘lariga 3 turdagi asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. Shuningdek, 165 nafar fuqaroga 1 mlrd. so‘m subsidiya asosida asbob-uskuna, mehnat qurollari bilan taʼminlash bo‘yicha hokim yordamchilari tavsiyalari berildi.

 

Tijorat banklari tomonidan 225 ta tadbirkorlik subyektlari va aholi vakillariga 4,3 mlrd. so‘m kredit aratilishi taʼminlandi. Jumladan, 191 nafar fuqaroga 3,1 mlrd. so‘m mikroqarz, taʼlim krediti, isteʼmol va ipoteka kreditlari ajaritildi.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 106 nafar xotin-qizlarga  404,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 34 nafariga uy-joy taʼmiri uchun qurilish mollari (174,7 mln. so‘m), 20 nafariga reabilitatsiya vositalari (28 mln. so‘m) yetkazib berildi, 4 nafariga jarrohlik operatsiyasi uchun 58 mln. so‘m ajratildi.

 

“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 77 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 129,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, oliy taʼlimda o‘qiyotgan 20 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga kontrakt to‘lovlari (37,4 mln. so‘m), 32 nafar oila farzandlariga moddiy yordam (31,4 mln. so‘m), 18 nafar yoshlarga davolanish uchun mablag‘ (24,3 mln. so‘m) ajratildi. 

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"