Anomal sovuq sabab poyezdlar harakati ham o‘zgaradi
Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ maʼlum qildi.

Bugun, 13 yanvar kuni anomal sovuq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini taʼminlash maqsadida poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shu sababli yo‘lovchi poyezdlarning jo‘nash hamda manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishlar kuzatiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ.
Tashkilot noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.







