O'zbekiston

Vatan posponlari bayrami tantanali nishonlandi

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganiga 31 yil to‘ldi.

Vatan posponlari bayrami tantanali nishonlandi

 

Bugun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-maktabda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehmon sifatida Ichki ishlar akademiyasi xarbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Rustamov Maxmudjon Turabjonovich, IIV orkestr xonandasi Karimov Fazliddin Nuritdinovich va akademiya o‘qituvchisi, kapitan Akbarxo‘jayev Kamol Abral o‘g‘li ishtirok etdi.

 

Tadbir o‘quvchilar ijro etgan kuy-qo‘shiqlar bilan boshlandi. Bundan tashqari vatanni madh etuvchi sheʼrlar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. “Ko‘zmunchoq” raqs guruhi tomonidan ijro etilgan raqs barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida ichki ishlar sohasida uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan podpolkovnik Mahmudjon Rustamov so‘z olib o‘quvchilarga va tadbir ishtirokchilariga harbiy soha bo‘yicha bir qancha tushunchalar berdi. U bayram munosabati bilan barcha vatan posponlarini samimiy tabrikladi. Ichki ishlar akademiyasi o‘quvchilarining sahna ko‘rinishi esa yurtga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yana bir bor jo‘shqinlantirib yubordi.

 

Maʼlumot uchun, bu yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganiga 31 yil to‘ldi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.