O'zbekiston

Respublika ishchi guruhining Sardoba tumanidagi faoliyati qanday natijalar berdi?

Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida olib borgan o‘n kunlik faoliyati o‘z nihoyasiga yetdi. Guruh faoliyati aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni mahallalar kesimida “xonadonbay”  o‘rganishga, aniqlangan muammolarning yechimini o‘z joyida topishga qaratildi.

Respublika ishchi guruhining Sardoba tumanidagi faoliyati qanday natijalar berdi?

 

Hududdagi 15 ta mahallada 9 mingdan ziyod xonadondagi muammolar, ijtimoiy soha obyektlari xatlovdan o‘tkazildi. Mazkur amaliy ishlar orqali tuman infratuzilmasini yaxshilash, taʼlim va sog‘liqni saqlash hamda aholi bandligini taʼminlash  kabi yo‘nalishlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Jumladan, tumanda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 6 ta yangi transformator, 87 ta temir-beton ustunlar o‘rnatildi, 2,9 km elektr tarmog‘i yangidan tortildi, 7 ta transformator, 3,2 km yuqori va o‘rta kuchlanishli elektr tarmog‘i taʼmirlandi.

 

Respublika ishchi guruxi tomnidan o‘rganishlar davomida aniqlangan nosoz ko‘chalar endilikda tartibga keltirildi. Deyarli 15 km ichki yo‘llar taʼmirlandi. Shundan, 3,3 km yo‘lga sement-beton qoplama, 2,3 km.ga asfalt qilindi hamda 9,2 km yo‘lga qum-shag‘al yotqizildi.

 

O‘rganishlar davomida 243 ta isteʼmolchining gaz jihozlari taʼmirlandi, 40 ta gaz taqsimlash punkti va 4 024 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Aholi bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari ham ishchi guruh aʼzolari eʼtibori markazida bo‘ldi. Hududda yashovchi 161 nafar fuqaroning bandligini taʼminlandi. Undan tashqari, 27 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi, 32 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi va 88 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi.

 

 “Ayollar daftari” ro‘yxatidan joy olgan sardobalik 50  nafar xotin-qizlar uchun tumandagi “Oqsaroy tekstil” to‘qimachilik korxonasida “Ochiq eshiklar kuni”  tashkil etildi.  Tadbir davomida ularga fabrikadagi shart sharoitlar atroflicha tanishtirildi. 26 nafar xotin-qizlar ushbu fabrikada mehnat qilish istagini bildirdi.

 

Noturar joylarda istiqomat qilib kelgan, oilasida nogironligi bor fuqarolarning 29 nafariga 5 yillik ijara shartnomasi asosida ijtimoiy uy-joylarning kalitlari topshirildi.

 

“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 17 nafar talaba yoshlarning 42 mln. so‘mlik shartnoma pullari, 2 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi xizmat badali to‘lovi va 1 nafarini haydovchilik o‘quv kurslari xarajatlari to‘lab berildi.

 

Sardoba tumanida o‘rganishlarni olib borgan Respublika ishchi guruhi aʼzolari taʼlim maskanlarida sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Tumandagi 3-, 10- va 22-sonli umumtaʼlim maktablariga 15 kv quvvatiga ega bo‘lgan jami 240 mln. so‘mlik zamonaviy quyosh panellari olib kelindi. Qator taʼlim maskanlariga 1.7 mlrd so‘mlik zamonaviy elektron doskalar, kompyuter jamlanmalari va sensorli monitorlar topshirildi. O‘n bitta maktabga 300 dona badiiy adabiyotlar to‘plami, sport anjomlari yetkazib berildi.

 

Shu bilan birga Respublika ishchi guruhi tomonidan axolining salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.  Xususan, 2 701 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 174 nafari viloyat va tuman shifoxonalarga yotqizildi, 4 nafari respublikadan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan yuqori texnologik operatsiya qilindi, 84 nafariga davolanish uchun imtiyozli order berilib, 202 nafar fuqarolar bepul dori vositalari bilan taʼminlandi.

 

O‘rganishlar davomida aniqlangan hududdagi  97 nafar kam taʼminlangan oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va issiq kiyimlar berildi. Mahallalarda ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etilib, aholiga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va ko‘mir sotilishi tashkil qilindi.

 

Ishchi guruxining Sardoba tumanidagi o‘rganishlari bu gal ham ana shunday samarali bo‘ldi. Eng muximi, insonlarning ertangi kunga ishonchi yana-da mustahkamlandi. Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida ham yagona maqsad – inson va uning manfaatlari mujassam.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.