Birinchi Prezident shifoxonadan chiqdi
Nazarboyevning o‘tgan haftada yuragi operatsiya qilingandi.

Qozog‘istonning 82 yoshli birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Ostonadagi milliy kardioxirurgiya ilmiy markazi maʼlum qildi.
"U ahvoli yaxshilanishi sababli chiqarildi", — deyiladi markaz axborotida.
20 yanvar kuni Nazarboyevning yuragi operatsiya qilingani maʼlum bo‘lgandi. Uning matbuot xizmati amaliyot muvaffaqiyatli o‘tganini qayd etgan.







