Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi

Prezident dastlab “Ata-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan.

Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib bordi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.

 

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

 

Bu yerda davlat rahbarlariga O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni tarannum etuvchi musiqiy-folklor chiqishlar namoyish etildi. 

 

So‘ng Prezident Qirg‘iziston Bosh vaziri Akilbek Japarov hamrohligida “Ata-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

 

Davlat rahbari 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan “Urkun” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

 

Majmua 2000 yilda qirg‘iz davlatchiligining eng muhim bosqichlari haqidagi tarixiy xotirani tiklash va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan. Qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov taklifi bilan yodgorlikka “Ata-Beyit” – “Otalar qabri” degan nom berilgan.

 

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari ertaga, 27 yanvar kuniga mo‘ljallangan.  

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"