0

Endi shaharlararo avtobus qatnoviga chiptalarni elektron xarid qilish mumkin

Bu bo‘yicha maxsus ilova yaratildi.

Endi shaharlararo avtobus qatnoviga chiptalarni elektron xarid qilish mumkin

 

O‘zbekistonda «UzBus» mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Ushbu mobil ilova orqali foydalanuvchilar “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.

 

Shuningdek, yo‘lovchilar shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ega. «UzBus» mobil ilovasi orqali hozirda Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptalarni elektron shaklda sotib olish mumkin.

 

Bosqichma-bosqich ravishda barcha viloyatlardan Toshkent shahriga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni ushbu mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"