O'zbekiston

O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab har yili 5-5,3 foizga oshishi kutilmoqda

PMTI mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda 2035 yilgacha bo‘lgan davr uchun aholi soni prognozlarining ijtimoiy soha va elektr energiyasi taʼminotiga taʼsiri o‘rganildi.

O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab har yili 5-5,3 foizga oshishi kutilmoqda

 

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tadqiqotlariga ko‘ra, 2035 yilga borib, mamlakat aholisi 45,6 mln kishidan oshishi kutilmoqda. Ushbu yilgacha bo‘lgan davrda har yili o‘rta hisobda 900−950 ming go‘dak dunyoga keladi.

 

3−6 yosh oralig‘idagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish darajasi 90 foizga yetishi kutilyapti va buning uchun maktabgacha taʼlim muassasalarida 1264 ming nafar bola uchun yangi o‘rinlar tashkil etish zarur.

 

Prognozlarga ko‘ra, 2035-yilga borib, 7−17 yosh oralig‘idagi bolalar soni 9,7 mln nafardan ziyodroqni tashkil etadi. Bu esa maktablarda qo‘shimcha 8,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratishni talab qiladi.

 

2035-yilga borib, ambulator-poliklinikalar sonini 8450 birlikka (2022 yil boshida 6676 ta) yetkazish zarur.

 

Bundan tashqari, ushbu davrgacha aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi esa har yili 5−5,3 foizga oshishi kutilmoqda. Aholi va umuman iqtisodiyotning o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun 2030-yilgacha energiya quvvatini mavjud darajaga nisbatan kamida 1,7 barobar oshirishni taqozo etmoqda. Talabning taxminan 8−10 foizini tashkil etadigan mavjud taqchillik to‘ldirilishi bilan o‘sib borayotgan aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 2035 yilgacha bo‘lgan davrda taxminan 6,2−6,5 foiz o‘sadi.

 

PMTI mutaxassislari tadqiqot natijalariga ko‘ra qator takliflarni ham berdi. Xususan, davlat qarzi ortib borayotgan sharoitda fiskal yukni yengillashtirish maqsadida taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalarida xususiy ishtirokchilar bilan tizimli ish olib borish, ularga litsenziya va boshqa ruxsatnomalarni berish tartibini soddalashtirish kerak.

 

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi aʼzolari byudjet mablag‘larini taqsimlash va hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini o‘rta muddatli rejalashtirishda demografik rivojlanish prognozlarini hisobga olishi zarur.

 

Taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalarida xalqaro va mahalliy ishtirokchilar, shuningdek, tegishli texnologiyalarni yetkazib beruvchilar O‘zbekistonga sarmoya kiritish borasidagi qarorlarni qabul qilishda demografik prognozlarni inobatga olgan holda, taʼlim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga o‘rta muddatli talab mavjud ekaniga ishonchi komil bo‘lishi mumkin.

 

"Demografik yukning ortib borishini hisobga olgan holda energetika tizimlarini boshqarish va rivojlantirish borasida mutlaqo yangi yondashuvlarni ishlab chiqish talab etiladi. Milliy energetika tizimini imkon qadar tezroq yadro, vodorod va boshqa muqobil „yashil“ texnologiyalardan foydalanishga asoslangan yangi texnologik platforma parametrlariga integratsiyalashning dolzarbligi ortib bormoqda", — deyiladi hisobotda.

 

Uzoq muddatli istiqbolda aholini resurslar bilan barqaror taʼminlashning omili sifatida energetika, suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni muvofiqlashtirilgan holda, bosqichma-bosqich o‘tkazish tavsiya etiladi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"