O'zbekiston

Surxondaryoda YPX xodimiga pora berayotgan haydovchi qo‘lga tushdi

U avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarish uchun shunday qilgan.

Surxondaryoda YPX xodimiga pora berayotgan haydovchi qo‘lga tushdi

 

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimiga pora taklif etgan haydovchi tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, YPX xodimlari — Sh.Sharipov va A.Yuldashevlar tunda Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasi hududida xizmat olib borayotganida Nexia-1 rusumli avtomashinani to‘xtatib, hujjatlarini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ladi. Shu payt avtomashina haydovchisi T.H.dan spirtli ichimlik hidi kelib turganini sezgach, uni xizmat yuzasidan biriktirilgan alkotester moslamasi orqali tekshiruvdan o‘tkazadi. Moslama haydovchining alkogol mastlik holatida ekanini aniqlaydi.

 

Mazkur holat bo‘yicha safdor A.Yuldashev T.H.ga nisbatan MJtKning 131-moddasi 1-qismiga muvofiq elektron tarzda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtiradi. Shundan so‘ng T.H. safdor Sh.Sharipovdan o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomadagi huquqbuzarlikni bekor qilib, avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib bersa, evaziga 6 million so‘m pul berishini taklif qilgan. Safdor Sh.Sharipov huquqbuzar haydovchiga uning bu harakati jinoyat ekani va jinoiy javobgarlik mavjudligini tushuntirishiga qaramasdan T.H. pora taklif qilishda davom etgan.

 

Xodimning tegishli bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda T.H. Qumqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasi hududida safdor Sh.Sharipov boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinasining old yo‘lovchi o‘rindig‘iga o‘tirib, 6 million so‘m pulni pora tariqasida bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari qo‘liga tushgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlarini olib bormoqda.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"