O'zbekiston

Buxoroda 36 nafar IIO xodimi ishdan bo‘shatildi

Endi viloyatda 8 mingdan ortiq aholi yashaydigan hududlarda ikki nafardan profilaktika inspektorlari xizmat ko‘rsatadi.

Buxoroda 36 nafar IIO xodimi ishdan bo‘shatildi

 

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i tomonidan 2022 yil 12 oyi mobaynida viloyatda ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Boshqarma boshlig‘i o‘tgan yil davomida o‘z ishiga loqayd bo‘lgan 36 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilganini qayd etdi.

 

Bildirilishicha, 2022 yil davomida viloyatda 5 175  ta jinoyatlar qayd etilgan.

 

«2021-yilga nisbatan jinoyatlar soni 92 taga, yaʼni 1,8 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar (3 415  ta) esa 200  taga yoki 5,5 foizga kamaygan. Erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, viloyat hududini jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasida ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Jumladan, og‘ir tan jarohati yetkazish 6 taga, nomusga tegish 3 taga, tovlamachilik jinoyati 4 taga, bosqinchilik 4 taga, bezorilik jinoyati 20 taga, avtotransport vositasini olib qochish holati  9 taga ko‘paydi. O‘rganuvlarga ko‘ra, jinoyatlar salmog‘i oshgan hududlarda soha xodimlarining o‘z ishiga befarq va masʼuliyat bilan yondoshmagani oqibatida yuzaga kelgan», — dedi viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev.

 

Maʼlumotga ko‘ra, 2022-yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, jami 216 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 38 tasi o‘z tasdig‘ini topib, xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari ko‘rilgan. 8 nafariga “Hayfsan”, 20 nafariga “Tanbeh”, 1 nafariga lavozim maoshidan ushlab qolish intizomiy jazolari qo‘llanilib, 9 nafar xodimlar intizomiy kengashlarda muhokama qilingan.

 

«Bundan tashqari, 214 nafar xodimga nisbatan turli ko‘rinishdagi intizomiy taʼsir choralari qo‘llanildi. 105 nafar xodimga “Tanbeh”,  57 nafariga “Hayfsan”, 29 nafariga «Qattiq hayfsan», 6 nafar xodimga oylik maoshidan saqlash, 2 nafar xodimga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish, 2 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilish intizomiy jazosi qo‘llanildi. 3 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Salbiy holatlarga ko‘ra 36  nafar xodimlar ichki ishlar organlari safidan bo‘shatildi»,— dedi Shuhrat Aliyev.

 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibiy tuzilmalarida 17 taga, Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Tergov xizmati tarkibiy tuzilmalarida  Xizmat intizomini buzish holatlari 10 taga  oshgan. Jami 90 nafar xodim esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

 

«Viloyatning qator hududlarida 8 mingdan ortiq aholi bilan ishlaydigan profilaktika inspektorlarimiz bor. Ularning jismonan ulgurmasligini inobatga olib, shunday hududlarda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan yana bittadan profilaktika inspektorlari shtatini tashkil qilish choralarini ko‘ryapmiz. Respublika Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, 8 mingdan ortiq aholi yashaydigan hududlarda ikki nafardan profilaktika inspektorlari xizmat ko‘rsatishadi», — dedi boshqarma boshlig‘i.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"