O'zbekiston

Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Ushbu hujjat o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

 

Kecha, 31-yanvar kuni Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

 

—tayanch o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);

—tayanch o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);

—umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);

—umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

—umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

—psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

 

Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

 

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

 

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

 

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

 

Qarorga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.