O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida davom ettirmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qashqadaryo viloyatining Qamashi hamda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanlarida davom ettirmoqda.

Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida davom ettirmoqda

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qashqadaryo viloyatining Qamashi hamda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanlarida davom ettirmoqda.

 

Guruh tarkibiga 19 ta vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari kiritilib, joylarda “tezkor shtablar” tuzildi.

 

Faoliyat avvalida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sektor rahbarlari hamda masʼullar uchun “mahallabay” yurib, uyma-uy ishlash bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

 

Respublika ishchi guruhi “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida tumanlarda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda “xonadonbay” kesimida ish olib borilmoqda.

 

Xo‘sh, o‘tgan uch kun davomida ishchi guruh faoliyatida qanday natijalar bo‘ldi?

 

Qamashi tumanida 60 ta mahallada 52 357 ta xonadon va 1 171 ta ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda o‘rganish olib borildi.

 

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, uch kun davomida 45,7 km mahalla ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi transformator o‘rnatildi, eskilari taʼmirlandi, 1,2 km elektr simlar yangisiga almashtirildi, 40 dona beton ustunlar o‘rnatildi.

 

Ichimlik suvi masalasida 1 243 ta aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 10,9 km suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 1405 dan ortiq aholi xonadonlariga 374 tonna bepul ko‘mir tarqatildi.

 

770 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlashga ko‘maklashildi. Jumladan, 416 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 146 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 208 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilishi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 79 nafar tadbirkor va fuqarolarga 2,3 mlrd. so‘m kredit mablag‘i, xususan, 70 nafar talabalarga 580 mln. so‘m taʼlim krediti ajratildi. 81 nafar ishsiz fuqarolarga 261 mln. so‘mlik asbob-uskuna (tikuv mashinasi, pishiriq pechi) yetkazib berildi. 4 nafar fuqaroning uy-joyini taʼmirlash ishlari boshlandi.

 

Bandixon tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 22 ta mahallada 15 100 ta xonadon, 2 589 ta ijtimoiy soha va boshqa obyektlar to‘liq o‘rganildi.

 

Natijada, 73,2 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 3,5 km yo‘llarga to‘kilgan shag‘al tekislandi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida, 1 dona yangi transformator, 153 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 2,2 km tarmoq tortish ishlari, 12 ta transformator punktlarida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Aholiga 158,4 tonna ko‘mir yetkazildi, kam taʼminlangan oilalarga 51 tonna ko‘mir bepul tarqatildi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida “Bandixon”, “Chinor”, “Birdamlik” mahallalariga 6,3 km tarmoq tortish ishlari boshlandi.

 

Umumtaʼlim maktablarining isitish tizimlari ko‘rikdan o‘tkazilib,  10 ta maktabga 22 ta isitish qozonlari o‘rnatildi, 8 tasida isitish tizimi taʼmirlandi. 3 ta umumtaʼlim maktablariga quyosh panellari o‘rnatildi.

 

Xatlov jarayonida 26 nafar yoshlarning yashash sharoiti og‘irligi, bir qator muammolari borligi aniqlangan bo‘lib, 18 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritildi. 10 nafariga turli yordamlar ko‘rsatildi.

 

 “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. 117 nafar fuqarolarga 401 mln. so‘mlik 9 turdagi (to‘g‘ri chokli va overlok tikuv mashinalari, motokultivator, payvandlash uskunasi, mikser, elektr pech, gilam to‘qish uskunasi, kompyuter jamlanmasi, issiqxona) mahsulotlar subsidiya asosida berildi. 137 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 78 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi, 26 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 18 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 15 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

 

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 231 nafar ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. O‘ta og‘ir sharoitdagi 10 nafar oila uchun uy-joy qurilishi boshlandi, 4 nafar oilaning uy-joylari taʼmirlanmoqda.

 

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"