O'zbekiston

TDTU talabasi ozodlikdan mahrum qilindi

U Telegramda diniy qo‘shiq yuklab olib, boshqalarga tarqatgan.

TDTU talabasi ozodlikdan mahrum qilindi

 

Toshkent davlat texnika universitetining 4-kurs talabasi ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

 

30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismining “G” bandi ayblangan S. R.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, S. R. dinga bo‘lgan qiziqishlari zamirida o‘zi foydalangan telefon apparatining Telegram ilovasidagi sahifasi orqali “VK music bot” orqali ko‘chirib olingan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan audioqo‘shiq (nashida)ni tanishiga tarqatish maqsadida yuborib, internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tarqatgan.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, S. R. tarqatgan diniy qo‘shiq (nashida) aqidaparastlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu kabi diniy materialni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.

 

Sudlanuvchi sud majlisida dastlabki tergov jarayonida qiynoqqa solinganligi haqida ko‘rsatma bermagan va vajlar keltirmagan.

 

Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun qonunda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. S. R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, modda sanksiyasida nazarda tutilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash uchun asoslar yetarli bo‘lmagan.

 

“Davlat ayblovchisining muzokara nutqida qancha jazo muddati yoki qanday jazo turi so‘raganligi aybdor shaxsga jazo tayinlashda muhim omil hisoblanmaydi.

 

Birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ushbu hukmdan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.