Jahon

Isroil Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin. Tel-Avivning pozitsiyasi nima uchun birdan o‘zgardi?

Ukraina mojarosi boshlangandan buyon Isroil Kiyevga harbiy yordam bermay kelayotgandi. Ammo o‘tgan haftada bosh vazir Binyamin Netanyaxu qurollar yetkazib berishni istisno etmadi. Ular orasida hatto “Temir gumbaz” tizimlari ham bo‘lishi mumkin.

Isroil Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin. Tel-Avivning pozitsiyasi nima uchun birdan o‘zgardi?

 

Shu paytga qadar G‘arb va Kiyevning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha so‘rovlarini inkor qilib kelgan Isroil qurol yetkazib berish bo‘yicha pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Walla nashrining Isroil oliy amaldorlariga tayanib bergan maʼlumotlariga ko‘ra, bosh vazir Binyamin Netanyaxu (Bibi nomi bilan ham mashhur) hukumatga qurol berish imkoniyatini o‘rganishni topshirgan.

 

Bundan avvalroq janob Netanyaxu Ukrainaga harbiy yordamni istisno etmagandi, jumladan, “Temir gumbaz” havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ham berilishi mumkin. keyingi haftada Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Eli Koenning Kiyevga tashrifi kutilmoqda. Bu keng qamrovli Rossiya bosqinidan keyin isroillik oliy martabali amaldor tomonidan Ukrainaga amalga oshiriladigan birinchi tashrif.

 

Xo‘sh, Tel-Aviv pozitsiyasi o‘zgarishi nima bilan bog‘liq va qurollar haqiqatdan ham yetkazib beriladimi?

 

Netanyaxuning burilishi

Isroil bundan avval ham Rossiya bilan keskinlikka bormaslik uchun Ukrainaga qurol berishni inkor etib kelayotgandi.

 

“Men aniq aytishim mumkinki, biz Ukrainaga qurol sotmayapmiz”, – degandi 2022 yil oktyabrida mamlakatning o‘sha paytdagi mudofaa vaziri Beni Gans.

 

Avvalroq brigada generali Yakov Nagel Isroil Ukrainaga «Temir gumbaz» tizimlarini bermasligini maʼlum qilgandi. U buni Rossiya tomonining ushbu qurolni egallab olishi va o‘rganishi bilan bog‘liq xavflar borligini aytgandi. O‘sha paytda muxolifat rahbari bo‘lgan Netanyaxu ham shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqandi. Siyosatchi o‘shanda Kiyevga berilgan istalgan qurol Eron qo‘liga o‘tishi mumkinligini iddao qilgan edi.

 

«Qurol masalasida shu paytgacha bo‘lib kelgan holat takrorlanishi, biz bergan qurollar Eron qo‘liga tushishi ehtimoli mavjud va bu keyinchalik o‘zimizga qarshi ishlatilishi mumkin. Eronning Go‘lan tepaligida ikkinchi Livan frontini ochishga xalal berayotgan paytimizda, Isroil qurollariga duch kelmoqdamiz», – deb qayd etgandi u.

 

JerusalemPost nashriga ko‘ra, Tel-Aviv Moskva bilan Suriyadagi nizoni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvni buzishni istamagan va shu sababli ham ukrainaliklarga qurol bermagan. Ammo isroilliklarning bu pozitsiyasi Ukraina va shaxsan Vladimir Zelenskiyning keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi.

 

O‘tgan bahorda Zelenskiy Knesset (Isroil parlamenti — tahririyat izohi)dagi chiqishida Isroilni befarqlikda ayblab,  qurol, xususan, “Temir Gumbaz” yetkazib berishni talab qilgandi. Shuningdek, u Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishni ham so‘ragan. Tanqidlar keyinchalik ham davom etdi.

 

“Isroilga nima bo‘lganini tushunmayapman, shok holatidaman. Ular nima uchun bizga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini bermaganini tushunmayman. Isroil bizga hech narsa yetkazib bermadi, nol”, – degandi Ukraina yetakchisi TV5Monde telekanaliga bergan intervyusida.

 

Bundan tashqari, Kiyev Tel-Avivni do‘stona bo‘lmagan harakatlarda ham aybladi. Bunga qochqinlar oqimidan saqlanish uchun Isroilning Ukraina fuqarolariga nisbatan vizasiz rejimni bekor qilgani sabab bo‘ldi.

 

2022 yil oxirida Netanyaxu saylovlarda g‘alaba qozonib, hokimiyatga qaytganda undan avvalgi pozitsiyalarni saqlanishini kutishgandi. Bunda ayniqsa, Bibining Rossiya va shaxsan Vladimir Putin bilan qalin aloqalari hisobga olingandi. Yaqingacha barchasi Isroilning qurol bo‘yicha so‘rovlarga inkor javobiga ishora qilib kelayotgandi.

 

Eli Koen (TIV rahbari) hukumat «Rossiya-Ukraina masalasida» kamroq gapirish niyatida ekanini maʼlum qildi. Shuningdek, u birinchi bo‘lib ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kulebaga emas, balki RF diplomatiyasi rahbari Sergey Lavrovga qo‘ng‘iroq qildi. Netanyaxuning Zelenskiy bilan muloqotini esa G‘arb nashrlari “muvaffaqiyatsiz” deya baholadi.

 

Lavrov va Koenning muloqoti Isroilning eng yaqin hamkori AQSHga maqbul kelmadi. Vashingtonning tanqidlari yangi vazirga og‘ir zarba bo‘lgani taxmin qilindi. Shundan keyin TIV rahbarining Kiyevga safari haqida xabar berildi.

 

Ammo bundan oldin yanvar oxirida Isroilga Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Entoni Blinken keldi. Aynan uning Netanyaxu bilan uchrashuvidan keyin Ukrainaga qurol yetkazib berish imkoniyatlari haqida ilk bayonotlar berildi. Bosh vazir “Temir gumbaz” ham yetkazilishi mumkinligini aytdi. Lekin bunga qadar u bir necha bor armiyada ortiqcha batareyalar yo‘qligini taʼkidlab kelayotgandi.

 

Pozitsiya nima uchun o‘zgardi?

Isroillik qator amaldorlarga ko‘ra, bu yerda asosiy faktor AQSHning kuchaygan bosimi hisoblanadi. Bundan tashqari, Eron atrofida keskinlik kuchayishi hamda Vashington va Tel-Avivning bu bo‘yicha pozitsiyasi qatʼiylashuvi ham o‘z taʼsirini ko‘rsatgan.

 

«Isroil rasmiylari, ayniqsa Bibi dastavval Ukrainaga qurol berishni istashmagan edi. Ammo hozirda Amerika bosimi haddan tashqari kuchaydi — katta ehtimol bilan Kiyevga qurol yetkazib berish tobora dolzarblashib bormoqda. Isroil AQSHga uzoq vaqt “yo‘q” deya oladigan davlatlardan emas, ayniqsa, amerikaliklar iltimosi qatʼiy bo‘lsa», – degan manbalardan biri.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil harbiy sanoat kompleksi AQSH bilan hamkorlikka o‘ta bog‘liq. Eron faktorini ham hisobga olish kerak. Uning atrofida vaziyat tobora keskin bo‘lib bormoqda. Vashington yadro muzokaralariga qaytish haqida gapirmayapti va Tehronga nisbatan tobora qattiqroq pozitsiyani egallab bormoqda. Tabiiyki, Isroil bunday munosabatni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

«Bu Netanyaxuni qurol yetkazib berish bo‘yicha fikrini o‘zgartirgan omillardan biri. Ammo hukumat turli bahonalar bilan buni amalga oshirishni ortga surishini inkor etib bo‘lmaydi. Isroil Rossiya bilan munosabatlarni to‘liq uzmoqchi emas, u Moskvaning Tehron bilan harbiy-texnik hamkorligi kuchayishidan manfaatdor emas», – deb qayd etgan manba.

 

Siyosatshunos Konstantin Bondarenko «Strana» nashri bilan suhbatda pozitsiya o‘zgarishi “mualliflari” sifatida ikki shaxsni ko‘rsatgan: Netanyaxu va Blinken. U yangi tashabbuslar AQSH davlat kotibining tashrifi va Eron obyektlariga zarbalar vaqtiga to‘g‘ri kelgani tasodifiy emasligiga eʼtibor qaratgan.

 

«G‘arb va Sharqning bir yil avval boshlangan va Ukrainada eng yuqori nuqtaga chiqqan global qarama-qarshiligi asta-sekin Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga ko‘chayotgan bo‘lishi mumkin. Isroil G‘arb koalitsiyasiga kirdi va endi uning qoidalariga asosan harakat qiladi. Birinchi qadamlar Eronga berilgan zarba va Ukrainaga qurol berishga rozilikda ko‘rindi. Voqealar rivoji Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, Turkiyadagi prezidentlik saylovi natijalariga bog‘liq», — deb qayd etgan ekspert.

 

Shu bilan birga Eron faktorining boshqa tomoni ham bor va bu Ukrainaga ochiq harbiy yordamni tiyib turishi mumkin. Isroilning milliy xavfsizlik instituti tahlilchisi Svi Magen Tel-Aviv Rossiya bilan nizoga borishdan manfaatdor emasligini aytgan.

 

«NATO davlatlaridan farqli ravishda Rossiyaning Isroil chegarasi, Suriyada ishtiroki bor. Bu Ukrainaga qurol yetkazib berish maksimal darajada cho‘zilishini anglatadi. Isroil va Rossiya bir-birining dushmanlariga qurol sotmaslikka kelishib olgan. Xususan, Moskva Tel-Avivning asosiy dushmani — Eronga qurol taqdim etmaslikka vaʼda bergan», – deb taʼkidlagan u.

 

Shuningdek, ekspertlar isroilliklar ehtimoliy harbiy yordam orqali Moskvaga shaʼma qilayotganini aytishmoqda. Siyosatshunos Ruslan Bortnikning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali Eronga Rossiya harbiy eksportining amalga oshirilishi Isroil tomonidan salbiy qabul qilinishiga ishora qilingan. Uning fikricha, dronlar evaziga Moskva Tehronga havo hujumiga qarshi zamonaviy tizimlar, aviatsiya, shuningdek, yadro texnologiyalarini berishi mumkin. Eron Isroilning Yaqin Sharqdagi asosiy raqibi ekanligi inobatga olinsa, Kiyevga yordam vositasida Tel-Aviv Kreml uchun «qizil chiziq»ni ko‘rsatmoqda.  Shu bilan birga Netanyaxu shoshilmasligini va eskalatsiya tomon birinchi qadam tashlamasligini namoyish etyapti.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.