Siyosat

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni imzolandi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

 

Hujjat bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

— maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash bo‘yicha kompleks dasturlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

— maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan taʼminlashni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va uning manbalarini belgilash;

— davlat mudofaa buyurtmasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

— yangi harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

— harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilash;

— mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqish;

— urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirig‘ini biriktirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

— maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini ko‘rib chiqish.

 

Hujjatda belgilanishicha, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida (Mudofaa vazirligi huzurida) Mudofaa sanoati agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi tuzildi.

 

“O‘ztextreyd” DUK xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"