O'zbekiston

Buxoroda noqonuniy diniy taʼlim beruvchilar aniqlandi

Holat yuzasidan IIB maʼlumot berdi.

Buxoroda noqonuniy diniy taʼlim beruvchilar aniqlandi

 

Buxoro viloyatining Peshku tumanida 31 yanvar kuni noqonuniy diniy taʼlim o‘rgatish bilan shug‘ullanayotgan o‘quv markazi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan S.Sh. va 1990 yilda tug‘ilgan X.B.lar tashkil etgan «Misvoh» nomli o‘quv markazida arab tilini o‘rgatish bahonasida 9 nafar voyaga yetmagan yoshlar va 19 nafar katta yoshdagi shaxslarga qonunga xilof ravishda diniy taʼlim berib kelinayotgani aniqlangan.

 

Bundan tashqari, 1993 yilda tug‘ilgan T.M. Telegram messenjerida “Muslimalar” nomli virtual guruh tashkil qilib, 8 nafar fuqarolarga onlayn tarzda diniy taʼlim berayotganligi aniqlangan.

 

O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari jarayonida T.M. rasmiy hujjatlari bo‘lmagan holda arab tilini o‘rgatish bahonasida noqonuniy ravishda diniy taʼlim berib kelayotgani maʼlum bo‘lgan.

 

Javobgar shaxslar O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan faoliyati taqiqlangan «Sodiq Samarqandiy»ning maʼruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgan.

 

“Ushbu fuqarolarning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasida (Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) ko‘zda tutilgan noqonuniy harakatlar mavjud”, — deyiladi xabarda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.