Jahon

Rossiya neftiga qo‘yilgan cheklov o‘z samarasini berdi

Rossiyaning daromadi 30 foizga kamaygan.

Rossiya neftiga qo‘yilgan cheklov o‘z samarasini berdi

 

Rossiya neftiga narx chegarasining joriy etilishi munosabati bilan yanvar oyida Rossiyaning neft va gazdan tushgan daromadlari uchdan biriga qisqardi. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, yanvar oyida Rossiya neft va gaz sotishdan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 milliard yevroga kam daromad olgan — daromadning pasayishi 30 foizni tashkil etdi.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, Yevropaning Rossiya neftining importini taqiqlashi va G‘arb davlatlari tomonidan o‘rnatilgan narx chegarasi Rossiyaga kuniga 160 million yevroga tushadi.

 

Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga dengiz orqali yetkazib beriladigan embargosi 5 dekabrdan kuchga kirdi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi, G7 davlatlari va Avstraliya Rossiya neft yetkazib berishning bir barreliga 60 dollardan yuqori chegarani belgiladi.

 

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Kengashi 5 fevral kuni Rossiyadan keladigan neft mahsulotlariga ikkita narx chegarasi belgilashga qaror qildi. Xom neftga chegirma bilan sotiladigan neft mahsulotlari bir barrel uchun 45 dollardan yuqori narxga ega bo‘ladi.

 

Xom neftga ustama bilan sotiladigan qayta ishlangan neft mahsulotlari barreli uchun 100 dollarlik ikkinchi chegara narxi o‘rnatiladi.

 

Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin narx chegarasini joriy qilgan davlatlarga neft yetkazib berishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.