O'zbekiston

Turkiyadagi zilzilada O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlandimi?

Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Turkiyadagi zilzilada O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlandimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, 2023 yil 6 fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha maʼlumot kelib tushmagan.

 

"Turkiyaning bir qancha hududlarida ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

2023 yil 6 fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha maʼlumot kelib tushmadi.

O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkin", — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi sodir bo‘lgan zilziladan chuqur qayg‘uda ekanini bildirgandi:

 

"Turkiyada sodir bo‘lgan zilziladan chuqur qayg‘udamiz. Zilzila oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. Barcha imkoniyatlarimiz bilan qardosh va do‘st Turkiyaning yonidamiz".

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.