Siyosat

Hal qilingan chegara muammosi, energetik hamkorlik va istiqbolli loyihalar

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari muhokama qilindi.

Hal qilingan chegara muammosi, energetik hamkorlik va istiqbolli loyihalar

 

Bugun, 7-fevral kuni Markaziy Osiyo Xalqaro Institutida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Unda ikki davlat TIV vakillari, ekspertlar va parlament vakillari ishtirok etib, davlat tashrifi yakunlari va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

 

Taʼkidlanishicha, o‘zaro munosabatlar rivojida Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi katta rol o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Akromjon Neʼmatov bu jihatga eʼtibor qaratar ekan, “O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining yaxshi siyosiy irodasi murakkab muammolarni hal qilishda o‘zaro maqbul murosaga olib keldi”, –degan fikrni bildirdi.

 

O‘zbek-qirg‘iz munosabatlarida qanday murakkab muammolar bor edi?

 

Birinchidan, ikki davlat o‘rtasida qariyb 30 yil davomida hal qilinmay kelgan chegara masalasi mavjud edi. O‘tgan yillar davomida olib borilgan muzokaralar natijasida Shavkat Mirziyoyev tashrifi yakunida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish to‘g‘risida Bayonnoma” imzolandi. Natijada O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiya qilinishi rasman yakunlandi.

 

Ikkinchidan, ikki davlat o‘rtasida transchegaraviy suvlardan foydalanish masalasida ayrim kelishmovchiliklar bor edi. Bir necha yil davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston vakillari ushbu yo‘nalishda ish olib borishdi. Natijada bu masala yuzasidan pozitsiyalar muvofiqlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birga Qambarota GES qurilishida ishtirok etadi. Bu o‘z navbatida energetika sohasidagi hamkorlikning kengayishiga olib keladi.

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev o‘z chiqishida yuqoridagi masalalar yuzasidan ikki davlat o‘rtasida muammolar bo‘lgani, ammo Davlat rahbarlari siyosiy irodasi tufayli bu masalalarga yechim topilganini taʼkidladi.

 

Yana bir muhim masala — ikki davlat biznes-doiralarining hamkorligini rivojlantirish. Davra suhbatida ishtirok etgan Qirg‘iz Respulikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari A. Isayev Shavkat Mirziyoyev tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan biznes-forumga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab forumda 200 tadbirkor ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ammo yakunda ularning soni 400 dan oshib ketdi. Bu ikki davlat biznes-doiralarining o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanidan dalolat beradi.

 

Davra suhbati davomida, shuningdek, hududlararo hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar,  transport-logistik koridorlarini rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"