O'zbekiston

Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi

O‘tgan yili 114 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilgani aytilmoqda.

Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori:

 

— Markazimizning yetakchi mutaxassislaridan iborat guruhlar muntazam ravishda hududlarga chiqib, mahorat darslari, seminarlar o‘tkazmoqda. Joylarda aholi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilyapti.

2022-yil hududlarda 10 000 nafarga yaqin aholi ishtirokida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklarda 6 156 nafar bemor aniqlanib, ularning 114 nafarida yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi.

Markaz amaliyotiga 7 turdagi, viloyat darajasida 24 turdagi, tuman darajasida esa 2 turdagi yangi jarrohlik va diagnostika usullari tatbiq qilinib, umumiy amaliyotlar soni 2021 yilga nisbatan 36 foizga oshdi.

Natijada, jigar o‘smalari, sut bezi va bachadon bo‘yni raki, kololektal va buyrak saratoni kabi kasalliklar bo‘yicha bemorlarning xorijga chiqishlari qariyb 70 foizga kamaydi.

O‘tgan yilning o‘zida onkologik muassasalarda faoliyat yuritayotgan 112 nafar mutaxassis markazda, 78 nafari esa xorijda qayta tayyorgarlik kurslarini o'tadi.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"