O'zbekiston

Janubiy Koreya Gulistonda “aqlli shahar” qurmoqchi

Sirdaryoda Janubiy Koreya standartlaridagi shaharsozlik normalarini joriy etiladi.

Janubiy Koreya Gulistonda “aqlli shahar” qurmoqchi

 

Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Muloqotda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari borasida fikr almashilgan. Tomonlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar natijasida qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarish, taʼlim, favqulodda vaziyatlar bilan kurashish, shuningdek, viloyatda Janubiy Koreya standartlaridagi shaharsozlik normalarini joriy etish borasida amaliy natijalarga erishilayotgani qayd etilgan.

 

“Uchrashuv Janubiy Koreya bilan hamkorlikda viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish va maktabgacha taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratdi”, — deyiladi xabarda.

 

Muloqot davomida, shuningdek, aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha atroflicha fikr almashilgan. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega bo‘lgan “aqlli shahar” barpo etish loyihasi ham muhokama qilingan.

 

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.