Pokiston Ukrainaga qurol yetkazib berdimi?
Mamlakat TIV bu bo‘yicha bayonot berdi. Avvalroq OAVda Islomobod Kiyevga reaktiv tizimlar snaryadlarini bergani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaga qurol yetkazib berilganini inkor qildi. Oldinroq OAVda bu haqdagi xabarlar chiqqan edi.
"Pokiston Ukrainaga qurol yetkazib berayotgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - dedi vazirlik matbuot kotibi Mumtoz Zahro Baloch.
12 fevral kuni Hindistonning The Economic Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib Pokiston Ukrainaga 10 mingdan ortiq 122 millimetrli reaktiv tizim snaryadlarini yetkazib berganini yozgandi.







