Shimoliy Koreya Seul va Vashington harbiy mashg‘ulotlariga keskin javob bermoqchi
KXDR tashqi ishlar vazirligi vakili AQSH va Janubiy Koreyani mintaqadagi tinchlikni buzishda ayblagan.

KXDR AQSH va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga “keskin” javob qaytarishga vaʼda berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
“Agar AQSH va Janubiy Koreya o‘z bayonotlarida aytganidek, harbiy mashg‘ulotlar loyihasini amalga оширса..., ular shu paytga qadar sodir bo‘lmagan, davomli va qatʼiy javobni ko‘rishadi”, – degan Shimoliy Koreya TIVning nomi sir qolishni istagan amaldori.
Diplomat Vashington va Seulni “Koreya yarimoroli va mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni atayin buzayotgan” kuchlar deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH BMT Xavfsizlik kengashini KXDRga qarshi dushmanlik siyosatini “amalga oshiruvchi noqonuniy apparat”ga aylantirgan.
Keyingi haftada Amerika va Janubiy Koreya kuchlari yadro kuchlari harakatini takomillashtirishga qaratilgan shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, mart oyida ikki davlat Freedom Shield mashqlarini o‘tkazadi.







