Jahon

Rossiya keskinlikni davom ettirishga qaror qildi­ — Makron

Fransiya Prezidenti Putin bilan muzokara olib borish vaqti emasligini aytdi.

Rossiya keskinlikni davom ettirishga qaror qildi­ — Makron

 

Rossiya bilan tinchlik muzokaralari olib borishning iloji yo‘q, chunki u keskinlikni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Myunxen xavfsizlik konferensiyasida aytib o‘tdi.

 

“Hozir muloqot vaqti emas, chunki Rossiya urushni kuchaytirishni tanlamoqda. Moskva fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilib, urush jinoyatlarini sodir etishga qaror qildi. RF bu urushda g‘alaba qozona olmaydi. Uning hujumi shu bilan yakunlanishi kerak”, — dedi u.

 

Makronning fikricha, sivilizatsiyalashgan dunyoda kuch ishlatish odatiy holga aylanib qolmasligi uchun harakat qilishi kerak, aks holda global barqarorlik so‘roq ostida qoladi. Shu munosabat bilan Ukrainani qarshi hujum uchun resurslar bilan taʼminlash lozim.

 

“Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarimizni kuchaytirishimiz kerak, toki Ukrainaning o‘zi qarshi hujumga o‘tishi, g‘alaba qozonishi va muzokaralar jarayonini boshlashi mumkin”, — degan Fransiya prezidenti.

 

Uning ishontirishicha, Fransiya bir necha hafta va oylar ichida saʼy-harakatlarini kuchaytirishga tayyor.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.