O'zbekiston

O‘zbekistonda III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali o‘tkaziladi

Tadbirda 18 ta davlatdan 100 dan ortiq jahonga mashhur olimlar hamda soha vakillari ishtirok etadi.

O‘zbekistonda III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 22–28-fevral kunlari O‘zbekistonning bir qancha hududlarida, xususan, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida “III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali” bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbirda Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va AQSh kabi davlatlardan o‘z sohasining mutaxassislari ishtirok etadi. Xususan, 18 ta davlatdan 100 dan ortiq jahonga mashhur olimlar, din ulamolari, fan va jamoat arboblari hamda turizm soha vakillari ishtirok etadi.

 

Festival davomida bir qator qadamjolar ziyorat qilinadi. Xususan, festival ishtirokchilari Samarqanddagi “Imom Buxoriy" majmuasi va "Imom Buxoriy" xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishadi.

 

Bundan tashqari, Samarqandda “Imom al-Moturidiy” qadamjosi hamda "Registon" majmuasini ham ziyorat qilish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, tadbir doirasida “Shohi Zinda” va “Xo’ja Ahror Valiy” ziyoratgohlari, “Go‘ri Amir” majmuasi, “Ruxabod” masjidi, “Bibixonim” masjidi va “Siyob” bozoriga ham tashrif buyuriladi.

 

Ta’kidlash joizki, Buxoroda festival davomida “Labi hovuz”, “Mir Arab” madrasasi, “Ark” majmuasi, “Bolo hovuz”, “Sayfiddin Boxarziy”, “Xoja Hafz Kabir” qadamjolari, “Bahouddin Naqshband” majmuasi va boshqa maskanlar ham ziyorat qilinadi. Qolaversa, Bahouddin Naqshbandning ilmiy merosiga bag‘ishlab “Naqshbandiya o‘gitlari” konferensiyasi tashkil etiladi.

 

O‘z navbatida Toshkentda "Hazrati Imom" majmuasi, Islom sivilizatsiya markazi hamda boshqa qadamjolarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"