Siyosat

Abduhakimov Rimda Orolbo'yida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi

Tabiat resurslari vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv o'tkazdi.

Abduhakimov Rimda Orolbo'yida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi

 

Tabiat resurslari vaziri A. Abduhakimov Italiyaning Rim shahrida atrof-muhit va suv resurslari boʻyicha oʻtkazilayotgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajadagi 7-konferensiyasi doirasida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili T.Hakala bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Joriy yilda “Oʻzbekiston - Yevropa Ittifoqi” va “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” yoʻnalishida bir qator sohalarda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan muhim uchrashuv va tadbirlarda ekologiya va atrof-muhit sohasiga ham alohida eʼtibor qaratilishi koʻzda tutilgani, shuningdek, Orol dengizining qurishi muammosiga qarshi kurashishda koʻmak berishda davom etilishini qayd etdi.

 

Oʻzbekiston tomonining ekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun Toshkent shahrida Mintaqaviy universitetni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi. 

 

Yevropa tomoni Oʻzbekistonning 2030-yilgacha metan chiqindilarini 30 foizga kamaytirishga qaratilgan Global metan majburiyatiga qoʻshilish borasidagi harakatlarini ham yuqori baholab, Oʻzbekistonga bu yoʻnalishda texnik yordam koʻrsatilishini ham maʼlum qildi.

 

T. Hakala 2024-yilda Yevropa Ittifoqi 2021-2024-yillarga moʻljallangan byudjet sikli doirasida ajratilgan moliyaviy va texnik yordam mablagʻlarini rivojlantirish boʻyicha global tahlil oʻtkazish niyatida ekanligini bildirdi.

 

Shuningdek, T. Hakala Oʻzbekistonning iqlim oʻzgarishi, biologik xilma-xillikni saqlash va shahar atrofidagi resurslar, xususan, suv va yer resurslarini boshqarish bilan bogʻliq masalalarni bartaraf qilishdagi mintaqaviy yondashuvini e'tirof etdi.

 

Uchrashuv yakunida Tabiat resusrlari vaziri A. Abduxakimov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili T. Hakalani joriy yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan BMT Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-yigʻilishi hamda BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14)da ishtirok etishga taklif qildi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"