Qarshidagi AGTKSHda Nexia-3 portlab ketdi
YHXX bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida Nexia-3 portlab ketdi. Bu haqda IIV YHXX xabar berdi.
Hodisa 24 fevral kuni soat 16:15 larda Qarshi shahridagi MCHJga qarashli AGTKSHda yuz bergan. Fuqaro R.X.ga tegishli Nexia-3 avtomobiliga gaz to‘ldirilayotgan vaqtda transport vositasining gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobil shikastlanib yaroqsiz holga kelgan.







