O'zbekiston

Hokimlarga nisbatan ishonchsizlik votumini taqdim etish instituti joriy etiladi — loyiha

Bu borada yurtdoshlarimizdan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.

Hokimlarga nisbatan ishonchsizlik votumini taqdim etish instituti joriy etiladi — loyiha

 

Joriy yil 1 avgustga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamalarida yurtdoshlarimizdan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.

 

Adliya vazirligi taʼkidlashicha, takliflar orasida mahalliy Kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish haqidagi taklif dolzarb ahamiyat kasb etadi.

 

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari, yaʼni hokimlarga nisbatan u yoki bu vakillik organi yoki tashkilot tomonidan ishonchsizlik votumini bildirish bo‘yicha normalar o‘rnatilmagan.

 

Olingan statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019-2021 yillarda jami 28 253 ta hujjatlari, shundan prokuratura, adliya va boshqa organlar taʼsir choralariga asosan 14 492 ta qaror va farmoyishlar bekor qilingan va 8 725 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 5 036 tasi sud organlari tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.

 

Mahalliy vakillik organlari vakolatlarini kuchaytirish, ularni tom maʼnoda xalq vakillari sifatida ijro organlari faoliyatiga huquqiy baho berilishi huquqiy asoslarini yaratish maqsadida hokimlarga va kengashga hisobot beruvchi shaxslarga ishonchsizlik votumini bildirish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etildi.

 

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"