0

Baxtiyor Saidov “C5+1” vazirlar uchrashuvida qatnashdi

Unda Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik va sheriklikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Baxtiyor Saidov “C5+1” vazirlar uchrashuvida qatnashdi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Baxtiyor Saidov Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH tashqi ishlar rahbarlarining “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida maʼlum qildi.

 

“Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondagi hamkasblarim va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan birgalikda bugun Ostonada “C5+1” vazirlar uchrashuvini o‘tkazdik.

 

Barchamiz barqaror o‘sish, yashil energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik kabi masalalar bo‘yicha muloqot orqali hamkorlikni kuchaytirish tarafdori ekanimizni tasdiqladik”, — deya yozgan Saidov.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"