O'zbekiston

Pedofillarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida xotin-qizlar va bolalar zo‘ravonlikka uchrashining oldini olishga xizmat qiluvchi qonun loyihasi qabul qilindi.

Pedofillarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytiriladi

 

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov qonunchilikka pedofillarni kimyoviy va jismoniy bichish amaliyotini kiritishni taklif qilib chiqdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozmoqda.

Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlarga jazo choralari haqida fikrlarini bildirgan Bobur Bekmurodov shunday yozadi:

“Qonunchilikka pedofillarni kimyoviy va jismoniy bichish amaliyoti kiritilishi shart. Qancha jazo muddatlarini oshirmaylik, takroran sodir etish xavfi saqlanib qoladi. 20 yoshli erkak pedofillik qilsa, 15 yil o‘tirib chiqqanda 35 kirgan bo‘ladi. Yana shu jinoyatni sodir etadi. Pedofiliya – bu kasallik!” deydi "Yuksalish" raisi.

Biroq uning taklifini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev keskin rad etib, bu taklifning qaltis tomonlari borligini aytgan.

“Hukmda belgilangan jazo muddatni boshidan oxirigacha o‘tasa, yetarli, menimcha! Siz aytayotgan taklifning qaltis tomonlari bor”, deydi deputat.

Bekmurodov o‘z fikrlarini to‘ldirar ekan, jismoniy bichish amaliyoti hammaga qo‘llanmasligini qo‘shimcha qilgan.

“Qonunga kimyoviy va jismoniy bichish chorasining kiritilishi – bu ushbu choraning hammaga qo‘llanilishini anglatmaydi. Ya’ni, aybi aniq dalillar bilan isbotlangan va psixologik tashxis qo‘yilgan ashaddiylariga qo‘llanilishi mumkin”, degan Bekmurodov.

Odiljon Tojiyev “Yuksalish” umummilliy harakati rahbarining “qaltis” taklifiga qarshi chiqishda davom etib, shunday dedi:

“Bunday qo‘shimcha jazo olishini bilgan jinoyatchi, aybini yashirishga ko‘proq harakat qiladi. Oqibatda jabrlanuvchining hayoti xavf ostida qolishi mumkin”.

“Yuksalish” raisi esa o‘z fikrida qat’iy turib, ko‘pchilik hali ham pedofillarni oddiy jinoyatchi sifatida ko‘rayotgani, pedofiliya bu o‘ta og‘ir kasallik ekanini urg‘uladi.

Uning aytishicha, pedofiliya bu o‘ta og‘ir kasallik va buni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham tasdiqlagan. Pedofil qilayotgan ishini ham nazorat qilmaydi va katta ehtimol bilan qayta-qayta jinoyat sodir etaveradi.
Deputat Odiljon Tojiyev esa jinoyatning oddiy sifati bo‘lmasligi, barcha jinoyat ham og‘ir ekanini aytgan va Bekmurodovning pedofiliya kasallik ekani haqidagi fikriga qisman qo‘shilishini bildirdi.

Shuningdek, u “Yuksalish” raisiga "Jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxsga kimyoviy kastratsiya (bichish) qo‘llanilishi bilan nimaga erishiladi?", degan savol bilan yuzlangan.

“Mening nazarimda, mayda bezorilik bu oddiy jinoyat. Pedofiliya – bu kasallik tufayli sodir etiladigan jinoyat. Kimyoviy kastratsiya (bichish) shaxvatni so‘ndirish uchun, jismoniy bichish esa, masalan, retsedivistlarning xavfini batamom yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Bu tibbiy isbotlangan”, deb o‘z fikrlarini tugatgan Bobur Bekmurodov.

Deputat va “Yuksalish” rahbarining tortishuviga qo‘shilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Aloqa va axborot siyosati bo‘limi yetakchi maslahatchisi Hikmatilla Ubaydullayev kimyoviy kastratsiya (bichish) pedofiliya muammosiga samarali yechim emasligini yozadi.

“Kimyoviy kastratsiya (bichish) – pedofiliya muammosiga samarali yechim emas. Ushbu tibbiy aralashuv ruhiy buzilish muammosini hal qilmaydi, balki huquqbuzarning jinoyat sodir etish imkoniyatini ham istisno qilmaydi. Bundan tashqari, bu jinoyatlarning oldini olishni kafolatlamaydigan qimmat va uzoq muddatli choradir”, degan Hikmatilla Ubaydullayev.

 

Bugungi kunda xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida huquqni qo‘llash amaliyotida ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda. Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sansiyalar belgilanmagan, shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan. Ayollarni ish va o‘qish joyida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha kafolat ham qonunchilikda mavjud emas.

 

Qonun loyihasi bilan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirgan yoxud uni jinsiy aloqa qilishga majbur etgan yoki fohishalikka jalb qilgan, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlagan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

 

Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash, nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n olti yoshga to‘lmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoyatlari uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda. Shuningdek, shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

 

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasi xotin-qizlar va bolalarning tazyiq hamda zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish, oila institutini mustahkamlash, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ajrimlar sonining kamayishiga, bolalar va xotin-qizlar huquqlariga oid xalqaro indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"