O'zbekiston

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i o‘zgardi

Yangi rahbar 2020–2023-yillar mobaynida ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i o‘zgardi

 

So‘nggi uch yil davomida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida general-mayor Shuhratjon Sobirov Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Muqaddam Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan Shuhratjon Sobirov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Toshkent IIBB rahbarligiga o‘tkazilgan Aziz Toshpo‘latov o‘rnini egallagandi.

 

O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan  polkovnik Shavkat Rahmonov Po‘lat Bobojonovning birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ish boshlagan, biroq Shuhratjon Sobirovning keyingi faoliyati haqida maʼlumot berilmagandi.

 

2021 yildan buyon Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosiga polkovnik G‘anijon Alimuhammedov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.