Sport

Ronaldu Saudiyadagi yangi uyga ko‘chib o‘tdi

Futbolchi mehmonxona ijarasi uchun to‘lovni amalga oshirmagani rostmi?

Ronaldu Saudiyadagi yangi uyga ko‘chib o‘tdi

 

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolaganidan keyin poytaxtdagi eng hashamatli mehmonxona – Al-Riyoddagi eng ulkan bino hisoblangan “Four Seasons” mehmonxonasiga joylashdi. 99 qavatli osmono‘par inshootda butun shahar xuddi shishani ustida turgandek namoyon bo‘ladi.

 

Mehmonxonaning ichkarisida - ofislar, ko‘plab restoranlar, hashamatli kvartiralar va har qanday turdagi do‘konlarni uchratishingiz mumkin bo‘lgan. Binoda shuningdek,  ulkan savdo markazi yaʼni yangi texnalogiyalar bilan jihozlangan ommaviy bozor ham mavjud. Savdo markazida ishlaydiganlarning aytishicha, Ronaldu tez-tez qo‘riqchilar bilan birgalikda kiyim bozorlariga kelib turadi. Ular bir kuni hujumchi Jorjina bilan quriqchilar xizmatidan foydalanmagan holda birga sayr qilganini aytishdi. Biroq, qo‘riqchilarsiz bunday aylanishlar kamdan-kam uchraydi. Al-Riyodda Ronalduga muxlislik qiladiganlar juda ham ko‘p. Shu sababli uning ishqibozlarga qo‘riqchilarsiz ko‘rinish berishi aqlga sig‘maydi. Poytaxtda piyoda sayr qilish uchun juda mashhur joy bu shahar markazi hisoblanadi. Bir marta muxlislar uni o‘sha yerda kutib olishgan. O‘shanda Krish har qadamda muxlislar bilan suratga tushishga majbur bo‘ldi.

 

“Four Seasons” rahbariyati mehmonxona xodimlaridan yulduz futbolchi bilan selfi tushmaslikni so‘rashgan. Biroq, futbolchi ularga doim mehribon va do‘stona munosabatda, shuning uchun hujumchi ularning iltimoslarini rad etolmaydi.

 

Xodimlardan birining aytishicha, futbolchi uchun alohida lift ishlaydi. Chunki, u deyarli 400 kvadrat metr va ikki qavatli yaʼni 48 dan 50-qavatgacha bo‘lgan maydonni egallagan “Kingdom Suite”da yashaydi. Biri Ronalduning oilasi uchun bo‘lsa, ikkinchisi hujumchining yordamchilariga mo‘ljallangan. Shaharga qaragan qarorgoh zamonaviy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. U yerda katta kiyinish xonasi, oshxona va yana bir nechta yotoqxonalar mavjud. Bundan tashqari, futbolchining yashash joyida alohida sport zali, basseyn, kurort va tennis korti bor. Shuningdek, portugaliyalik futbolchiga mehmonxonadagi barcha restoranlarga kirish huquqi berilgan. Ularning baridan futbolchi bepul foydalanadi.

 

Bunday hashamat uchun bir oylik ijara narxi 300 ming dollarni tashkil qiladi. Ammo Ronaldu shu vaqtgacha hech qanday to‘lovni amalga oshirmagan.

 

“Ular unga hamma narsani tekinga berishdi, — deydi mehmonxona xo‘jayinlaridan biri. Bu bino qirolning jiyaniga tegishli va Ronalduni bu yerga qirol oilasi taklif qilgan. Tabiiyki, bu yerda futbolchi o‘zini qulay va yoqimli his qilishi uchun barcha sharoitlar yetarli. Mamlakatimiz uchun 300 ming dollar hech qanday ahamiyatga ega emas”.

 

Mish-mishlarga sabab bo‘layotgan yangi uy

 

Yaqinda Krishtianu va uning oilasi mehmonxonadan shaxsiy uyga ko‘chib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumki, u yerda ham xavfsizlik choralari yana-da kuchaytiriladi. Shartnomada kelishilgan ayrim shartlar mavjud bo‘lsa, ehtimol u turar joyining to‘lovini o‘zi amalga oshiradi. “The Sun” nashrining xabariga ko‘ra, yulduz futbolchi qimmatbaho mehmonxonadan oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tgan. U Saudiya Arabistonidagi hashamatli osmono‘par mehmonxonadan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. Dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchining onasi yangi uyda Ronaldu bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda eʼlon qildi. U “O‘g‘lim bilan birgaman”, — deb yozgan.

 

Ommaviy axborot vositalari Ronaldu va uning oilasi yangi turar joyni reklama qilmayotgani haqida yozishmoqda. Biroq, ayrim nashrlar ijtimoiy tarmoqlardagi yangi suratlarning bir qismi yulduz futbolchi oilasining shaxsiy kvartiralaridan olinganini maʼlum qilishgan. “Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga futbolchining kichkina qizi Bella Esmeralda bilan tushgan suratini joylashtirdi. Bu ularning yangi kvartirasida suratga olingan”, — deydi manba.

 

Yulduz futbolchining Saudiya Arabistonidagi yangi turar joyi qayerda ekani nomaʼlum, biroq insayderlarning aytishicha, uning uyi yuqori darajadagi xavfsizlik bilan taʼminlangan. Shuningdek, u yerda do‘konlar, restoranlar, sport zallari va boshqa xizmatlardan foydalanish majmualari joylashgan. “Krishtianu ko‘rib chiqayotgan uylardan biri shahardagi Al-Muhammadiya degan yerda joylashgani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Bu yerda ajoyib tungi hayot va shaharning eng yaxshi restoranlari bor”, — deyiladi xabarlarda.

 

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.