O'zbekiston

Iqtidorli yoshlarning oliy taʼlim olishi kafolatlanadi

Konstitutsiya loyihasida 18 milliondan ortiq yoshlar masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Iqtidorli yoshlarning oliy taʼlim olishi kafolatlanadi

 

Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Yaʼni, bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy taʼlim olish imkoniyati kafolatlanmoqda.

 

Shu bilan birga, nogironligi bor bolalarga o‘z tengdoshlari bilan bir xil taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratish, yaʼni inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyat olmoqda.

 

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida pedagog xodimlarga oid qoidalar qayta ko‘rib chiqildi va o‘qituvchi kasbiga nisbatan yuksak hurmatni hamda ularning ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvchi alohida yangi modda kiritildi.

 

Bundan tashqari, davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy o‘sishi haqida g‘amxo‘rlik qilishi mustahkamlanmoqda.

 

"Konstitutsiya loyihasida 18 milliondan ortiq yoshlarimiz masalalariga ham eʼtibor berilib, ularning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekanligi belgilanmoqda. Bosh qomusimizda yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda.

Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning taʼlim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun ham g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, yoshlarni himoya qilish, ularning huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bu esa yosh avlod hayotini yaxshilash, ular orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ulkan imkoniyat yaratadi", deydi J. Shirinov.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"