Yaponiyada ikki sher koronavirusdan halok bo‘ldi
Yanvar oyining boshida hayvonlar kasallikka chalingandi.

19 yoshli erkak sher birinchi, 21 yoshli urg‘ochi esa uch kun o‘tib o‘lgan. O‘lim sababi pnevmoniya sifatida ko‘rsatilgan.
Biroq, bir muncha vaqt o‘tgach, laboratoriyaga yuborilgan namunalarda Sovid-19 topildi. Hayvonot bog‘idagi yana sakkizta sherda alomatlar paydo bo‘lgandi, ammo ular allaqachon tuzala boshlagan.







