Jahon

Hindiston samolyoti Pokistonga favqulodda qo‘ndi

Ikki mamlakat o‘rtasida aviatsiya bo‘yicha aloqalar yo‘q.

Hindiston samolyoti Pokistonga favqulodda qo‘ndi

 

Hindistonning «IndiGo» xususiy aviakompaniyasi samolyoti bortda yo‘lovchi halok bo‘lgani sababli Pokistonga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.

 

Hodisa bugun ertalab bortida 163 nafar yo‘lovchisi bilan Dehlidan Dohaga uchgan samolyotda sodir bo‘lgan. Uchuvchi nigeriyalik yo‘lovchining “nafas olishdan to‘xtagani” haqida xabarni olgandan so‘ng samolyotni Karachiga burgan. Pokiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining aniqlik kiritishicha, 60 yoshli erkakning salomatligi parvoz vaqtida yomonlashgan, shundan so‘ng kapitan Karachi aviadispetcheriga murojaat qilib, shifokor va tez yordam chaqirishni so‘ragan. Tekshiruvdan so‘ng aeroportning tibbiy guruhi yo‘lovchining o‘lganini eʼlon qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston o‘rtasida munosabatlar keskinlashgan: ular 1947 yildan beri uch marta urush olib borishgan. Hozirda mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.