O'zbekiston

Prezident Ulug‘bek Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif etdi

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Ulug‘bek Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif etdi

 

Shavkat Mirziyoyev viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi.

 

Prezident viloyatda oxirgi besh yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 15 mingdan ziyod korxona ishga tushganini aytdi.

 

“Bugun yig‘ilishdan keyin ishga tushiriladigan 6 ta korxonada ham qo‘shimcha 2 mingta yangi ish o‘rni yaratildi, viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard so‘m, eksportiga 20 million dollar qo‘shiladi. 2022 yilda ishga tushgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” mikro GESlarida yiliga 201 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda. Bugun ishga tushadigan “To‘palang GES”da yiliga yana 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish qo‘shiladi”, — dedi davlat rahbari.

 

Prezident 257 ta maktab qurildi va rekonstruksiya qilingani, bog‘cha qamrovi 18 foizdan 62 foizga yetkazilganini alohida taʼkidladi.

 

Shuningdek, viloyatda:

 

• 302 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlandi;

• 1 ming kilometr xalqaro va 3 ming kilometr ichki yo‘llar taʼmirlandi.

 

“Eng asosiysi, odamlarimiz va tadbirkorlarda kelajakka ishonch paydo bo‘ldi. Endi, ko‘nglimdagi bitta gapni aytsam. Agar yana bir-ikki yil birgalikda qattiq ishlasak, Surxondaryoda juda katta rivojlanish, o‘sish bo‘ladi. Shu bois, 13 ta tuman hokimi lavozimiga respublika idoralarida ishlagan, malakali kadrlarni qo‘ydik.

Bugungi sessiyada Surxondaryo viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masalani ko‘rib chiqishimiz kerak. Viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini bu lavozimga taklif qilaman. Ulug‘bek Qosimovga berilgan qisqa vaqt va imkoniyat Surxondaryodagi vaziyat va aholi tashvishlarini chuqur o‘rganish uchun yetarli, deb hisoblayman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"